
Foto: Instagram / Oston O‘runov
O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning «Ural» klubi futbolchisi Oston O‘runov uylandi.
Yarim himoyachining to‘yi 28 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan.
Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘iniga jalb qilingandi.
21 yoshli futbolchi 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kamerunga qarshi o‘yinda (2:0) maydonga tushdi. To‘yi tufayli 27 sentyabrda o‘tkazilgan Kosta-Rikaga qarshi bahsni (1:2) o‘tkazib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar