
O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga 2022/2023-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari 3—8 oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Bunda test sinovlari:
- 1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
- 2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan o‘tkaziladi. Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
- 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
- 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
- majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
O‘zbekistonKollej va TexnikumTest SinovlariKirish TestlariDavlat Test MarkaziTalabgorlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar