21:50 / 30.09.2022
997

Ustoz va murabbiylar doimo ehtiromda!

Ustoz va murabbiylar doimo ehtiromda!
Inson kamoloti, uning bilimli bo‘lib voyaga yetishi, qalbida odamiylik, mehr-oqibat singari yuksak insoniy tuyg‘ularning shakllanishi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatda, hayotda o‘z o‘rnini topib yashashida ta’lim sohasi fidoyilari – ustoz, murabbiylarning o‘rni va roli nihoyatda katta. Ular har qancha qadr va e’tiborga munosibdir.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Byuro organlarida ham Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlandi. Jumladan, Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochilari o‘zlari tahsil olgan bilim maskanlariga tashrif buyurib, ustoz va murabbiylar bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan bayram tantanalarida ishtirok etib, aziz ustozlarni bayram bilan muborakbod etdilar.

Zeroki, davlatimiz rahbari e’tirof etganlaridek, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ustoz va murabbiylar doimo ehtiromda!