11:35 / 01.10.2022
1 061

Dorilar savdosida jamoatchilik nazorati bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi

Dorilar savdosida jamoatchilik nazorati bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
Prezidentning “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Belgilanishicha, dori vositalari chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023 yil 1 martdan boshlab:

jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid cheki fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlari maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalari narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot tizimidagi dori vositalari chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;

matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash natijasida dori vositalari chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilgani aniqlangan taqdirda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqda vakolatli organ – iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi;

xarid cheki bo‘yicha narx dori vositasi chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, ushbu ma’lumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzardan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bo‘yicha belgilangan tartibda undirilgan jarima 20 foizi murojaatchi bank kartasiga mukofot sifatida o‘tkazib beriladi va jarima qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Bunda, xarid chekida sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlar to‘liq miqdorda ko‘rsatilmasligi savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish sifatida e’tirof etiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida faoliyat jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan namunaviy dorixona tashkil etish choralarini ko‘radi.

Bunda, mazkur dorixona faoliyati “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” davlat standarti, sanitariya qoidalari va me’yorlari, dori vositalarini tayyorlash talablari, zamonaviy tajriba andozasiga muvofiq ularda farmatsevtika yo‘nalishidagi ta’lim tashkilotlari talabalari, dorixonalar xodimlariga dorixona ishini o‘rganish uchun maydon sifatida tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat