16:23 / 02.10.2022
750

Yunusobod tuman hokimligi sobiq amaldori fuqaroni 30 ming dollarga «tushirdi»

Yunusobod tuman hokimligi sobiq amaldori fuqaroni 30 ming dollarga «tushirdi»
Yunusobod tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha bo‘lim sobiq boshlig‘i ikki nafar jinoiy sherigi bilan bir fuqaroga avtosalondan yangi «Malibu» rusumli avtomashinani olib berishni va’da qilgan.

So‘ngra buning evaziga 30.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritishgan va o‘zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

1 nafari esa tergovdan yashiringanligi sababli, qidiruv e’lon qilingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat