14:26 / 03.10.2022
1 778

IIV tezkor xodimi qasddan o‘ldirilib, jasadi daryoga tashlab yuborilgan

IIV tezkor xodimi qasddan o‘ldirilib, jasadi daryoga tashlab yuborilgan
2022 yil 29 sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan va gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura, shuningdek, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat