10:55 / 04.10.2022
976

Chirchiqdagi kimyoviy korxonada portlash ro‘y bergani aytilmoqda

Chirchiqdagi kimyoviy korxonada portlash ro‘y bergani aytilmoqda
Foto: Videodan kadr
Internetda Chirchiq shahridagi kombinatda portlash yuz bergani aks etgan videolar tarqaldi. Unda aytilishicha, hodisa 4 oktabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Portlash zarbidan yaqin atrofdagi turar joylarning derazalari larzaga kelgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa bo‘yicha birlamchi ma’lumot berdi. Biroq ushbu bayonotda portlash natijasida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

4 oktabr kuni soat 08:40 larda Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam Chirchiq” AJ korxonasining Sintez sexida chaqnash sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB rahbari boshchiligida xodimlari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan
”, deyiladi bayonotda.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati FVVdan farqli o‘laroq hodisani o‘z nomi bilan portlash deb atagan. Bayonotda hozirgi paytda zavodda yong‘inni qurshab olish va o‘chirish chorasi ko‘rilayotgani, portlashni keltirib chiqargan sabablar va oqibatlari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilingan.

O‘tgan yili Yangi-Angren IESda sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, hodisaga qozon tozalovchilarning xavfsizlik texnikasiga rioya etmaganligi sabab bo‘lgani aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqdagi kimyoviy korxonada portlash ro‘y bergani aytilmoqda