
O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 3 oktabrdagi 558-son qarorida belgilangan, deya xabar berdi O‘zA.
Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining shu yilning 19 may kuni qabul qilingan qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etilishi belgilagandi.
Biroq, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov majburiy bo‘lishi kutilayotgan maktab o‘quvchilarining yagona maktab formasini joriy qilish 2025 yilgacha qoldirilganini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar