16:28 / 06.10.2022
1 066

Shavkat Mirziyoyev: «Meni eng qiynaydigan muammo — yoshlar tarbiyasi»

Shavkat Mirziyoyev: «Meni eng qiynaydigan muammo — yoshlar tarbiyasi»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 6 oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sirdaryo tumanidagi «Arslon bobo» fermer xo‘jaligida faollar bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi «Daryo».

Davlat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifidan maqsadda hududda yana qanday o‘zgarishlar qilish mumkin degan savolga javob olish lozimligini aytdi.

«Avval paxtada 4 oy vaqtimiz o‘tardi. Eng og‘riqli muammomiz — paxta dalalarida ustozlarimiz, talabalarimiz bo‘lardi. Hozir esa hamma o‘qishda. Men o‘zim ham 11 yil maktabda o‘qigan bo‘lsam har yili 4 oy paxtada bo‘lardim», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi 38 ta mahallani obod qilish ishlari yuzasidan ham fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Meni eng qiynaydigan muammo — yoshlar tarbiyasi. Tarbiya berishda nafaqat ota-ona, balki mahallaning ham o‘rni beqiyos. Agar mahallalarimizni rivojlantirsak bu ko‘plab sohalarda ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi aniq», — dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Meni eng qiynaydigan muammo — yoshlar tarbiyasi»