07:53 / 07.10.2022
1 208

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi qayta auksionga qo‘yildi

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi qayta auksionga qo‘yildi
Foto: E-auksion
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Sijjak» dam olish maskanini takroran kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Jarayon ikki bosqichdan iborat — avval ariza beruvchilar tanlanadi, so‘ngra tijorat takliflari baholanadi.

Potensial xaridorlar dam olish zonasini rivojlantirish bo‘yicha biznes konsepsiyasini taqdim etishlari kerak.

Foto: E-auksion
Oromgoh O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. 2017 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan.

Keyinchalik musodara qilingan ushbu hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berilgan edi.

Foto: E-auksion
Ammo oxir-oqibat ushbu dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yishga qaror qilindi.

2021 yilda dam olish maskani bir necha bor sotuvga qo‘yilgan edi, biroq xaridor topilmagan. Joriy yil bahorida ham oromgoh auksioni bo‘lib o‘tdi, biroq ob’ekt yana sotilmadi.

Foto: E-auksion
Ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni 5,38 gektarni tashkil etadi. Bino va inshootlari esa 4 040 kvadrat metrdir.

Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi qayta auksionga qo‘yildi