18:11 / 08.10.2022
1 342

Raddiya: Pul to‘lab uyini ololmayotgan fuqarolarning noroziligi “Limonaria Village”ga aloqador emas

Raddiya: Pul to‘lab uyini ololmayotgan fuqarolarning noroziligi “Limonaria Village”ga aloqador emas
Foto: KUN.UZ
Kun.uz’da 108 nafar fuqaro uy olish uchun to‘lov qilgani, ammo oxir-oqibat quruvchi korxona tomonidan aldanib qolgani haqidagi material e’lon qilingan edi. Shundan so‘ng “Limonaria village” loyihasiga egalik qiluvchi kompaniya vakillari Kun.uz bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, “Limonaria Village” loyihasi allaqachon bitib, o‘z egalari to‘liq topshirilgan. Ayni kunlarda kottejlardagi qurilish-montaj ishlarining so‘nggi bosqichi, jumladan ko‘chalarni asfaltlash jarayonlari ketmoqda.


Ayni kunlarda fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holat “Baraka Hi Tech House” bilan bog‘liq. Uning “Limonaria Village”ga umuman aloqasi yo‘q”, – deydi kompaniya vakili.

P.S: Materialda xato ma’lumotlar berilganligi uchun maqola hamda video Kun.uz sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan o‘chirildi. Tahririyat “Limonaria village” ma’muriyatidan uzr so‘raydi. Shu bilan birga, tahririyat mazkur materialni o‘z sahifalarida tarqatgan ommaviy axborot vositalari va blogerlardan uni o‘chirib tashlashni so‘rab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Raddiya: Pul to‘lab uyini ololmayotgan fuqarolarning noroziligi “Limonaria Village”ga aloqador emas