09:21 / 11.10.2022
1 084

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 04:23 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila koordinatalari: 37,11 gradus shimoliy kenglik; 71,27 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=5,5. Chuqurlik 160 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 495 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
· Surxondaryo viloyatida 2 ball, 355 km;
· Farg‘ona viloyatida 2 ball, 366 km.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat