18:15 / 16.10.2022
1 832

Bugungi kundagi urushlardan asl maqsad nima?

Bugungi kundagi urushlardan asl maqsad nima?
Bugungi kundagi urushlar boylik uchunmi? Yoki bo‘lmasa mansab sababidanmi? Qanday manfaatlar va maqsadlar to‘qnashmoqda. Urushning demokratik yoki avtokratik davlatlarda bo‘lishi va bunda xalq ham aybdor ekanligi haqida siyosiy yondashuv bor deb yozadi Azon.uz nashri.

Siyosatshunos, Hamid Sodiq shunday deydi: “Shunday bo‘ladiki ma’lum davlatlarda 20-30 yil davomida avtokratiya o‘rnatiladi. Ma’lum bir shahs va institutsional davlatni ajratib bo‘lmaydi, kristallashib ketadi. Urush avtokratlarning hokimiyatda qolishning richagi ekanligini unutmasligimiz kerak.

Ma’lum bir xalq o‘zining davlati boshqa davlatga agressiya qilayotgan ekan aybdor xalq ham bo‘ladi. Ya’ni o‘zining avtokratini tiyib turmagani, unga balans bermagani, vaqtida hokimiyatdan olmaganligi uchun. Va mohiyatan xalq ham urushning bitta sababchilaridan biri. Hokimiyatda nafsning hamma belgilari bor.

Shuning uchun jamiyat siyosiy institutlarini shakillantirib rahbarning manfaati uchun, oilasining va hattoki atrofdagi davlatlar manfaati uchun ham uning hokimiyatda ko‘p qolib ketmasligini ta’minlashi kerak. Chunki kichik davlat bo‘la turib o‘zidan buyuk xon yasayotganlarni ko‘rib turibmiz”.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat