
Fuqarolilk ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 05.02.2013 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor A.X.dan undiruvchi M.T. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining voyaga yetguniga qadar har oyda jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilgan.
Qarzdor A.X. 15.10.2022 yil kuni undiruvchi M.T. bilan o‘zaro kelishgan holda 1 nafar farzandini 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 102.801.000 so‘m aliment pullarini oldindan to‘liq to‘lab bergan va undiruvchining murojaatiga asosan ijro hujjati tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar