11:09 / 18.10.2022
2 055

O‘zbekiston turizm sohasida kadrlar tayyorlashda Shveysariya ta’lim tizimidan foydalanadi

O‘zbekiston turizm sohasida kadrlar tayyorlashda Shveysariya ta’lim tizimidan foydalanadi
Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan BAAning Facetime Management Service (FMS) kompaniyasi rahbari, Shveysariya biznes kengashi a’zosi Nadin Patrik Kudinning Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrifi uyushtirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda turizm sohasida kadrlar tayyorlashda Shveysariya ta’lim tizimi asosida hamkorlik qilish, “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi Yaqin Sharq, Mavrikiy, Seyshel va Maldiv orollaridagi mehmonxonalarga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muzokaralar chog‘ida “Ipak yo‘li” universiteti va Shveysariya ta’lim akademiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Shveysariyada sertifikatsiyadan o‘tgan qo‘shma dasturlarni joriy qilish, xorijlik mutaxassislarning turizm texnikumlari o‘qituvchilarini tayyorlash uchun O‘zbekistonga jalb qilish, talabalar amaliyotini xorijda tashkil qilish, monomarkazlarda kasbga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish borasida birgalikda ishlashga qaratilgan takliflar muhokama etildi.

Joriy yil 30 noyabr-2 dekabr kunlari o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida hamkorlikka oid hujjatlarni imzolashga kelishib olindi.

FMS kompaniyasi 1999 yildan buyon BAAda faoliyat ko‘rsatib, mehmonxonalarga investorlarni jalb qilish, mehmonxonalar qurilishida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, restoranlarda ilg‘or xizmat ko‘rsatish tizimlarini joriy qilish, zamonaviy tajriba markazlarini yaratib, ular bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat