14:06 / 19.10.2022
1 121

O‘zbekistonda dual ta’lim tizimi Germaniya tajribasi asosida rivojlantiriladi

O‘zbekistonda dual ta’lim tizimi Germaniya tajribasi asosida rivojlantiriladi
Foto: Getty Images
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida professional ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish va dual ta’limni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borilyapti, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Oliy ta’lim vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida professional ta’limda dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish uchun mamlakat vakillari o‘quv-tanishuv safari bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.

“O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi 2024 yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning qiymati 7 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu loyiha doirasida 650 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislarning Germaniyada va O‘zbekistonda turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy ta’lim sohasida malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda so‘zga chiqqan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekiston bo‘yicha katta menejeri Nina Lyubix GIZ maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston bilan hamkorlik tarixiga to‘xtalar ekan, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) nemis federal hukumatini butun dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

U O‘zbekistonda 1992 yildan buyon barqaror iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va sog‘liqni saqlash masalalariga e’tibor qaratgan holda faoliyat yuritayotganini qayd etar ekan, Germaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi kasbiy ta’lim sohasidagi nemis tajribasi haqida ko‘p narsalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnuniyat bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat