
Til birligi va turkiy davlatlarning umumiy alifboga o‘tish jarayonini tezlashtirish maqsadida yagona alifbo yaratish komissiyasi tuzildi.
Turkiyaning Bursa shahrida o‘tkazilgan va 90 yilligiga bag‘ishlangan «Turk dunyosi umumiy alifbosi bo‘yicha seminar»da Turkiy davlatlar tashkilotiga yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror taqdim etildi.
Seminarni Turk tili jamiyati rahbari Gyurer Gulsevin olib bordi. Unda Turkiy davlatlar Oqsoqollar kengashi rahbari, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Binali Yildirim ishtirok etdi.
Seminarda turkiy davlatlar olimlari o‘z mamlakatlarida kechgan alifbo va tarixiy til jarayonlari haqida ma’lumot berib, yagona alifboga o‘tish jarayonini jadallashtirish va turkiy davlatlar o‘rtasida taqsimlanishi muhimligini ta’kidladilar.
Seminar doirasida Yagona alifbo yaratish komissiyasini tuzishga qaror qilindi. Komissiya tarkibiga turkiy davlatlarda til siyosati bilan shug‘ullanuvchi har bir rasmiy tuzilmadan ikki nafar a’zo kiradi.
Komissiya Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashiga yagona alifbo bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak. Yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiyaning birinchi yig‘ilishi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.
Seminarda Otaturk nomidagi Madaniyat, til va tarix bo‘yicha Oliy Kengash rahbari, professor, doktor Muhammad Hakimo‘g‘li va Ozarbayjondan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zosi Hasan Hasanovlar ishtirok etishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar