date
views 1 659

Toshkent viloyatida fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida 8 milliard so‘mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda esa fuqaro A.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 ming dollari evaziga Toshkent—Dushanbe avtomobil yo‘lining 130-139 km qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 8 milliard so‘mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilib, shundan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi