date
views 3 086

Nomahram qarindoshlar ogohlantirmasdan kelishmasin!

Nomahram qarindoshlar ogohlantirmasdan kelishmasin!
Savol:
Biz qishloqda hovlida yashaymiz, aniqrog‘i bir yildan beri qaynonamlar bilan birga yashayapmiz. Bu yerda hovlining eshigi doim ochiq turar ekan. Hech bir erkak qarindoshlari ko‘chadan chaqirib kutib turmaydi bostirib kelaveradi. Kun juda issiq tashqarida esa ish ko‘p hovlida ba’zida ro‘molsiz yengilroq kiyimlar kiyib olaman. Keyin yana shu hol takrorlanib qolsa kirib o‘ranib olishga ulgurmay qolaman. Namozlarimni o‘qiguncha vijdonim qiynaladi. Savolim ro‘molsiz ochiq ayollarga erkaklarning nazari tushsa g‘usl qilib poklanib namoz o‘qishi kerak degan gap qanchalik to‘g‘ri?

Javob:
– «Ro‘molsiz ochiq ayollarga erkaklarning nazari tushsa g‘usl qilib poklanib namoz o‘qishi kerak» degan gap noto‘g‘ri. Bunday hukm yo‘q. Siz nomahramlarning nazari tushishi mumkin bo‘lgan o‘rinlarda avratingizni to‘sib yurishingiz farz. Qarindoshlaringiz ham uyingizga ogohlantirmasdan bostirib kelishmasin. Vallohu a’lam!

Manba: Islom.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nomahram qarindoshlar ogohlantirmasdan kelishmasin!