21:06 / 27.10.2022
1 434

Mirziyoyev va To‘qayev sammit doirasida uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Mirziyoyev va To‘qayev sammit doirasida uchrashuv o‘tkazdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi» sammiti doirasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat