
Belarus fanlar akademiyasi olimlari qon tahlili orqali saraton kasalligini aniqlash usulini topdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Mazkur yangilik tanadagi xavfli o‘simta hujayralari mavjudligini tekshirishga asoslangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sog‘lom kishilarda bunday hujayralar uchramaydi. Chunki ular organizmda shishlar o‘sishi natijasida paydo bo‘ladi.
“To‘g‘ri, yangi diagnostika usuli saraton o‘smalari bemor tanasining aynan qaysi nuqtasida shakllanganini bilish imkonini bermaydi. Biroq bu oson va samarali tashxislash yo‘li bilan kasallik rivojlanishi xavfini erta bosqichda aniqlash mumkin”, deyiladi xabarda.
Hozirgacha ushbu yangilik 500 martaga yaqin klinik sinovdan o‘tkazildi va samaradorligi tasdiqlandi.
Saraton KasalligiQon TahliliSog‘liqni SaqlashYangiliklarDiagnostika UsuliMutaxassislar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar