12:50 / 02.11.2022
1 216

Surxondaryoda shifokor ayovsiz do‘pposlandi

Surxondaryoda shifokor ayovsiz do‘pposlandi
Surxondaryoda uch nafar fuqaro shifokorni kaltakladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 27 oktabr kuni soat 15:20 da Angor tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limida it tishlagan bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotgan shifokor J.E.ning huzuriga 3 nafar fuqaro salomatligi to‘g‘risida ma’lumotnoma yozib berishini so‘rab kelgan.

Shifokor ularga qabulidagi bemorga yordam ko‘rsatayotganini, ma’lumotnomani esa shundan so‘ng yozib berishini aytgan. Bundan norozi bo‘lgan fuqarolar shifokor J.E.ni ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar davomida shifokor J.E.ga bosh miya yopiq jarohati, og‘iz pastki lab yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng son yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va teri osti gematomasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari lat yeyishi, kuchli qontalash tashxisi qo‘yilgan.

Hozir tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan Angor tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat