15:54 / 03.11.2022
2 861

O‘zbekistonda xorij telekanallari efirga uzatilishi boshlandi

O‘zbekistonda xorij telekanallari efirga uzatilishi boshlandi
Foto: UzDigital TV
O‘zbekistonda raqamli televideniye operatorlari o‘z paketlariga Rossiya kanallariga muqobil sifatida boshqa mamlakatlarning yangiliklar kanallarini qo‘shdi.

2022 yil noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning raqamli televideniye operatorlari turli tillardagi bir qator xorijiy telekanallarni o‘z paketlariga kiritishdi. Bungacha o‘zbekistonliklar mahalliy kanallardan tashqari asosan Rossiya kanallarini tomosha qilishlari mumkin edi.

UzDigital TV kompaniyasi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qo‘shimcha 5 ta — BBC World News (Buyuk Britaniya), CNN International, Bloomberg (AQSH), CGTN (Xitoy) va TRT Avaz (Turkiya) kabi kanallar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Qolaversa, raqamli televideniye kompaniyalari veb-saytlarida Fox News, CNBC, SkyNews, France 24, «Belarus 24» va boshqa xalqaro telekanallarni ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat