date
views 1 761

Toshkentda fuqaroning yuzini kesib qochgan fuqaro qidiruvga berildi

Toshkentda fuqaroning yuzini kesib qochgan fuqaro qidiruvga berildi
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida erkakning yuzini kesgan qashqadaryolik fuqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 2 iyul kuni Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida ikki erkak o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda 1986 yilda tug‘ilgan M.B. qo‘ldagi pichoq bilan A. ismli fuqaroning yuz qizmini kesib yuboradi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan 277-modda 2-qismi «v» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda ayblanuvchi qidirilayotgani ma’lum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fuqaroning yuzini kesib qochgan fuqaro qidiruvga berildi