Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident farmoni bilan Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on oliy darajali Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotlandi. Unga bu mukofotni Shavkat Mirziyoyev topshirdi. O‘zbekiston prezidenti uchrashuv davomida nutq so‘zladi.
- Hurmatli Rajab Toyyib Erdo‘g‘on janobi oliylari! Sizlarni Samarqandda ko‘rib turganimdan xursandman. Bugun tarixiy voqea. Bugun qardoshim Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonning oliy darajali Imom Al-Buxoriy ordeni bilan taqdirlandi.
Xabaringiz bor, 2017 yili BMTning 72-sessiyasida ulug‘ bobomiz Imom Al-Buxoriyning merosini o‘rganish haqida gapirgandim va o‘sha paytda Turkiya prezidenti, qardoshim Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan edi. O‘zbekistonda Imom Al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ulug‘ ajdodimiz rivoyat qilgan hadisi sharifda: «amallar niyatlarga bog‘liqdir» deb ta’kidlanadi. Shu bois ham biz O‘zbekistonda Imom Buxoriy bobomizning merosini chuqur o‘rganish uchun Samarqand zaminida ul zotning nomida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hadis ilmi maktabini tashkil etdik.
O‘zbekiston xalqi Sizning qardosh ellarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni samarali amalga oshirish borasidagi shaxsiy hissangizni yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi. Ishonchim komilki, umumiy til va madaniyatga, ajdodlarimizning boy merosiga, mushtarak intilishga asoslangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlarimiz yanada ravnaq topadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Turkiya prezidenti ham, o‘z navbatida, nutq so‘zladi.
- Hurmatli prezident, aziz mehmonlar, sizlarni aziz tuyg‘ularim ila salomlayman. Fiqh ilmini egallagan kishi nomidagi ordenning menga berilishini yuksak qadrlayman. Ushbu orden mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy va abadiy hamkorlikning natijasi deb bilaman.
Buyuk bir faxr ila, g‘urur ila ushbu yuqori darajali ordenni olishdan yana bir bor baxtli ekanimni ta’kidlagan holda qardoshim Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Avvalambor, shuni aytmoqchimanki, talabalik yillarimizda Imom al-Buxoriyning hadislar to‘plami bilan yaqindan tanishganmiz. Bu biz uchun avvalambor eng muhim manba sifatida qo‘llanilgan. Biror hadis haqida gap ketganda, biz ushbu hadislar kitobiga murojaat qilganmiz, — deydi Erdo‘g‘on.
Imom Buxoriy ordeni1, Erdo‘g‘on1, Turkiya prezidenti1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?