11:38 / 11.11.2022
875

Shavkat Mirziyoyev har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forum o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forum o‘tkazishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar sammitida har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forum o‘tkazishni taklif qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari, avvalo, hamkorlikning savdo-iqtisodiy poydevorini mustahkamlash maqsadga muvofiqligini aytdi.

«Biz sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Tashkilotimiz faoliyatini chuqur tahlil qildik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlan-tirish uchun birgalikda salmoqli ishlar qilinganini e’tirof etish lozim. Shu bilan birga, hali katta salohiyat va ulkan imkoniyatlarimiz to‘liq ishga solinmayotgani ham, ayni haqiqatdir. Avvalo, hamkorligimizning savdo-iqtisodiy poydevorini mustahkamlashimiz maqsadga muvofiq», — degan prezident.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar o‘zaro tovar aylanmasi umumiy tashqi savdoning atigi 4 foizini tashkil etishini, uning qolgani esa uchinchi davlatlar ulushiga to‘g‘ri kelayotganini, bu holat hech kimni qoniqtirmasligini qayd etib o‘tdi. Davlatlar orasida ayrim import bojxona tariflari yuqori bo‘lib qolayotganini bildirdi.

«Bu strategik yo‘nalishda vaziyatni tubdan o‘zgartirish, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlash uchun, Tashkilotimiz doirasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududinini barpo etish tashabbusini ilgari suramiz.

Ana shu rejamizga erishish uchun, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar hamda dunyo yetakchi biznes vakillarini keng jalb qilgan holda, har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forumni o‘tkazishni taklif etaman
», — degan prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, forum doirasida davlat va biznes formatida qo‘shma tadbirlar, tadbirkorlar uchrashuvlari va davra suhbatlari, innovatsion loyihalar taqdimotlari va ko‘rgazmalarni o‘tkazish katta amaliy natija beradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat