date

Umraga boruvchilarning 1,4 mlrd so‘mini "tuya qilgan" shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Umraga boruvchilarning 1,4 mlrd so‘mini "tuya qilgan" shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Xoji ota-onalarni 1 milliarddan oshiq pullari tuya qilingan» sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Aniqlanishicha, fuqaro F.A Xo‘jaobod tumanidan «Umra-2022» mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarolardan jami 1,4 mlrd. so‘m naqd pullarni olib o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan F.A ga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, tergov harakatlari Xo‘jaobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Umraga boruvchilarning 1,4 mlrd so‘mini "tuya qilgan" shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi