06:30 / 16.11.2022
1 392

Tahlilchining gaz va elektr uzilishlariga munosabati: «Echki xalal berib qoldi»

Tahlilchining gaz va elektr uzilishlariga munosabati: «Echki xalal berib qoldi»
Iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov mamlakat gaz va elektr ta’minoti uzilishlariga kinoyali tarzda munosabat bildirdi.

«Gaz va elektr bilan shunday muammolar bo‘lishini hamma oldindan bilar edi. Lekin aniq choralar ko‘rib, ishlab chiqaruvchilarga gaz hajmini ko‘paytirishga avans pullari berish o‘rniga, bizda mavjud aktivlarni davlat hisobidan boshqa xususiy kompaniyalar tasarrufiga o‘tkazish, ba’zilarning davlat oldidagi qarzlaridan voz kechish bo‘yicha o‘nlab qarorlar tayyorlandi», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ekspertga ko‘ra, soha hukumatga bosim o‘tkazish uchun ataylab ana shu ahvolga keltirildi.

«Endi, tabiiyki, butun umid importdan (Turmaniston va Rossiya) va eksportga ketadigan gazni O‘zbekistonda qoldirishdan («Lukoyl» degan shovvozdan olib). Xuddi shu natija ilk bahorda ikki yil avval ko‘zda tutilgan edi. Pandemiya (echki) xalaqit berib qoldi o‘shanda. Qashqirlar makoni bo‘lgan soha bu», — deya xulosa yasadi A.Abduqodirov.

Bir necha kun avval Energetika vazirligi elektr ta’minotidagi uzilishlar va tabiiy gaz bosimining keskin pasayishini havo sovishi bilan izohlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, tahlilchi Abdulla Abduqodirov avvalroq «Xabar.uz»ga joriy yil 3-4 noyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan iqtisodiy forum yuzasidan xulosalarini so‘zlab bergan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat