
Joriy yilning 16 oktabr kuni 28 yoshli ayolning «Telegram» akkauntiga o‘ziga notanish shaxs buzib kirib, u uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilishi bilan qo‘rqitib, undan 3.000 AQSH dollari talab qiladi.
Bu haqda 2022 yil 10 oktabr kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani Ziyo ko‘chasida yashovchi U.N. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, ushbu jinoyat Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi 22 yoshli A.Z. (ayol) tomonidan sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga Zangitota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, bu kabi jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar