Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli, deb aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Unda hokimning bo‘ralab so‘kayotgani va bir tadbirkorni «qamoqqa tiqib qo‘ygani» aytiladi.
Toshkent viloyati hokimligi ushbu holatda audiodagi ovoz egasi haqiqatan ham Angren shahar hokimi Alisher Raimov ekanligini tasdiqladi.
Holat bo‘yicha viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishi chaqirilgan.
Komissiya Angren shahri hokimining xatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 595-sonli qarori me’yorlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
«Komissiya xulosasi asosida viloyat hokimi tegishli qaror qabul qiladi. Komissiya xulosasi va viloyat hokimining qarori rasmiy veb saytimizda e’lon qilinadi», deyiladi rasmiy xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Putin: Ikkinchi jahon urushi haqidagi haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinishmoqda
Germaniyaning «Bayer» klubi 60 yillik rekordni yangiladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Xarkov viloyatida vaziyat sezilarli darajada og‘irlashdi”
Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot