22:22 / 22.11.2022
2 046

Jurnalistlar Amir Temurning Fransiya qiroliga yo‘llagan maktubini suratga olishdi

Jurnalistlar Amir Temurning Fransiya qiroliga yo‘llagan maktubini suratga olishdi
Prezident matbuot xizmati Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl (Karl) VI ga yo‘llagan maktubini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Parijga tashrifning asosiy maqsadi amalga oshdi. Uzoq munozaralardan so‘ng, bizning guruh Fransiya milliy arxiviga tashrif buyurib, Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl (Karl) VI ga yo‘llagan maktubini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi”, deb yozadi matbuot xizmati vakili Jahongir Abdurahmonov.

Jahongir Abdurahmonov, Rustam Shorahimov “Maxsus rakurs” dasturi uchun asl maktubni ilk marta tasvirga olishdi.

Suratdagi maktubni Amir Temur 1402 yilda Fransiya qiroli Sharl (Karl) VI ga yo‘llagan.
Maktubning asl nusxasi hozir Fransiya Hujjat arxivida saqlanadi.

Ma’lumot uchun, Amir Temur maktubining nusxasi Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham namoyishga qo‘yilgan. Uni 1996 yilda Islom Karimovga Fransiya prezidenti Jak Shirak sovg‘a qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat