
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov internetdan foydalanish bo‘yicha so‘nggi asr ulamolari fikrlari, diniy nuqtai nazardan undan foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berdi.
«Bugungi kundagi eng katta ne’matlardan bittasi — internet. Lekin hamma ne’matdan noto‘g‘ri foydalanish — ofat, balo. Ulamolar aytadilarki, internet go‘yoki bir pichoq. Oshpazning qo‘liga tushsa, taom pishiradi. Yomon odamning qo‘liga tushsa, jinoyat sodir etadi», — muftiy Nuriddin Xoliqnazarov.
«Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning bir buyuk hadislari internetdan foydalanuvchi hammaga dastur bo‘ladi. U zot aytganlar: Inson bolasi borki, qiyomatda quyidagi narsalardan so‘ralmasdan turib, bir qadam ham bosolmaydi: umrini nimaga sarflagani, o‘rgangan ilmiga qay darajada amal qilgani, molini qayerdan topib, qayerga sarflagani», — deydi muftiy.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining ta’kidlashicha, Internet hech qachon ustoz bo‘lolmaydi. Ayniqsa, diniy mavzuda.
-"Hozir hammaning o‘z «shayx»i bor. Google degan. Nima bo‘lsa, o‘shanga yozadi, bo‘ldi. O‘shaning aytgani aytgan. U yozilgan narsaning tahlili yo‘q, kim aytdi, qaysi mazhab vakili u, bu aytganlari kimga to‘g‘ri keladi — buning qizig‘i yo‘q. Yozyapmiz, javobi chiqsa, mana shu to‘g‘ri deb o‘ylayapmiz", — deya fikr bildirdi muftiy.
Nuriddin Xoliqnazarov, shuningdek, internetdagi o‘yinlarga mukkasidan ketishdan qaytardi.
O‘zbekiston MusulmonlariMuftiy NuriddinInternet FoydalanishDiniy QoidalarUlamolar FikriYomon Odam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar