21:43 / 30.11.2022
1 708

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Ortiqxoʻjaev haqidagi iddaolari tekshirilayotganini aytdi

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Ortiqxoʻjaev haqidagi iddaolari tekshirilayotganini aytdi
Foto: MJ Developers
Murali Lal Jalan investor Kun.uz'ga bergan intervyusida poytaxtning Yangihayot tumani hududida barpo etilayotgan Minerva City'ga ajratilgan er prokuror arizasi va sud qarori bilan tortib olingani, erning olib qoʻyilishi Jahongir Ortiqxoʻjaevning talabini bajarmagani bilan bogʻliqligini aytgandi.

2021 yil mart oyida Toshkent shahar hokimi meni chaqirib, qoʻpol muomala qildi. Menga 2 ta yoʻl qoldirishdi: yo loyihalarimdan birini, masalan, “Lake City”ni amalga oshirishdan rasman voz kechishim, yo 100 million dollarni bankka joylashim kerak edi (depozit sifatida – tahr.). Men hokimga kelishuvdan tashqari hech kim yangi talablar qoʻymasligini, tadbirkor sifatida 7 yil ichida sarflanishi kerak boʻlgan pulni kimningdir hojati uchun oldindan joylashtirish qiyinligini tushuntirdim.

Ammo hokim agar oʻz xohishim bilan shu ishdan birini qilmasam, “Minerva city” va qolgan barcha loyihalarim ham olib qoʻyilishini, Oʻzbekistonda kun kechirishim qiyin boʻlishini aytdi. Boshida shartnomani imzolayotganimizda, barcha kelishuvga amal qilinishi va majburiyatlar bajarilishini va'da qilgandi, endi esa hokim bu mamlakatda shartnomalar hech qanday rol oʻynamasligini ta'kidlamoqda
”, degandi investor oʻz intervyusida.

Oʻzbekiston bosh prokuraturasi Minerva World of Knowledge kompaniyasi rahbari hindistonlik tadbirkorning bayonotini tekshirishni boshlagan. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma'lum qildi.

Kecha, 29 noyabr kuni kechqurun Toshkent shahar xokimi nomidan xat kelib tushdi, shu boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirilmokda. Natijasi haqida xabar beriladi”, deydi Hayot Shamsuddinov Kun.uz soʻroviga javoban.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi Murali Lal Jalanning soʻzlariga munosabat bildirib, investorning iddaolarini davlat xizmatchisini obroʻsizlantirish deb hisoblashi va Bosh prokuraturaga murojaat qilinishini ma'lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat