13:35 / 02.12.2022
1 429

Toshkentdan Samarqandga qorabayir otlar karvoni yo‘lga chiqdi

Toshkentdan Samarqandga qorabayir otlar karvoni yo‘lga chiqdi
Toshkent viloyatining Nurafshon shahridan Samarqandga qorabayir otlari karvoni yo‘lga chiqdi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Mazkur marafon yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Qorabayir otlari karvoni bugun erta tongda Nurafshondagi yangi “Smart city” hududidan yo‘lga chiqdi.

Marafonda mamlakatning mashhur chavandozlari Kapital, Yulduz, Karol, Limon, Miraj, Navro‘z, Oqsfroy, Olmos, Sadaf, To‘riq, Qaldirg‘och, Sapsan, Istanbul, Komissar, Baron, Graf, Burgut, To‘fon laqabli tulporlari bilan yo‘l bosib o‘tishadi.

Ular 330 kilometr masofani bosib o‘tib, 7 dekabr kuni Samarqand shahri, Registon maydoniga kirib boradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat