
Oʻzbekiston xalq artisti «M Kokteyl» koʻrsatuviga bergan intervyusida bir yarim oy kasal boʻlib yotgani, nima sababdan yoshlarbop musiqalar kuylayotgani va bitta qoʻshiqni ikki-uch kishiga sotib yuborayotganlar haqida gapirdi.
Yulduz Usmonova nima sababdan bir muddat koʻrinmay qolgani haqida
Bir-bir yarim oy isitmaladim, yoʻtaldim, kasal boʻldim, shunchaki buni hech qaerga ovoza qilmadim. Issiq jon, bilib boʻlmaydi. Shuning uchun hamma narsa menga bogʻliq emas, haligacha yoʻtalib turibman.
«Hech boʻlmasa kechasi yurib olaman»
Kun qisqa boʻlib qoldi, kunduzi sport zallariga borar edik. Hozir darslarim, repititsiyalarim bor. Uyda roʻzgʻorga ham qarash kerak, viloyatlarga bordik. Ayni damda shahardaman, ishlarimni qilyapman. Haqiqatan vaqt etmayapti. Hech boʻlmasa kechasi yurib olaman, yozda yaxshi edi, kechasi bir-ikkilarda ham yurardik. Hozir ham bir-ikkida hech kim uxlamaydi. Menimcha yurib kelish kerak, sogʻliq uchun foydali.
«Biz boshqa yoʻnalishda qilamiz, oʻz yoʻnalishimiz bor»
Hozir hamma qoʻshiqlarning ritmi bir xil. Biz boshqa yoʻnalishda qilamiz, oʻz yoʻnalishimiz bor. Bir-biriga oʻxshab qolmasin deymiz. San'atning bir ingichka tomoni bor, qoʻshiqni olgandan keyin pulini olib qoʻyib uni ikki-uchta odamga sotib yuborgan taraflari ham boʻladi. Eng yomoni shu. Pulini olib, eb qoʻyib shunday qilgan ijodkorlar ham bor, bu mumkin emas.
Yoshlar deganda hozir roʻmol oʻragan hoji onalarning koʻpi yosh. Shuning uchun koʻproq yoshlarbop musiqalar yaratishga harakat qildik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar