Pantone rang instituti "Pantone 18-1750 Viva Magenta" – karmin qizilni 2023 yilning asosiy rangi deb e’lon qildi.
“Pantone 18-1750 Viva Magenta qizil ranglilar oilasidan kelib chiqqan va koshenilning (hasharot turi) qizil rangidan ilhomlangan”, deydi institutning ijrochi direktori Leatris Eyzeman.
Kelgusi yilning rangi “kuchli, qo‘rqmas va ilhomlantiruvchi” ekanligi ta’kidlangan.
“Bu sof quvonchdan zavqlanuvchi, tajriba va o‘zini cheksiz ifoda etishga undovchi yangi qizil rang”, deyiladi xabarda.
Pantone versiyasi bo‘yicha yil rangini tanlash jarayoni tendensiyalar tahlilini talab qiladi. Mutaxassislar yangi rangli yechimlarni izlash uchun dunyoni o‘rganadi - bu ko‘ngilochar va kino sanoati, san’at to‘plamlari va yangi rassomlar, moda, dizaynning barcha sohalari, mashhur sayohat yo‘nalishlari, shuningdek, butun sayyora hayotidagi yangi jarayonlarni va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Pantone versiyasi bo‘yicha yil rangi ko‘plab sohalarda, jumladan, moda, uy jihozlari va sanoat dizayni, shuningdek, mahsulotni qadoqlash va grafik dizayn kabi mahsulotlarni ishlab chiqish va sotib olish qarorlariga ta’sir qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
AQSHda Tramp tarafdorlari Vakillar palatasi spikerini lavozimidan chetlata olmadi
A Seriya. "Kalyari" mehmonda "Milan"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Moskvada O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Rossiyalik xakerlar Putin tabrigini Ukraina saytlariga joylashtirdi
Yevropa chempionlar ligasi, "Bavariya" va hakamlar...
Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot