
Foto: FVV matbuot xizmati
Shayxontohur tumanidagi xususiy bog‘chada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Bugun, 3 dekabr kuni soat 02:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Jarariq» MFY, Jarariq ko‘chasida joylashgan xususiy bog‘chada yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yong‘in soat 02:30 da qurshab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida bino 2-qavatining 200 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilar harakatlari tufayli yong‘indan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytiladi.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong'inXususiy Bog'chaShayxontohur TumaniToshkent ShaharFVV XabarQutqaruv Ekipaji O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar