
Xorazm viloyati prokuraturasi yer talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etdi.
Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tekshirishlarda fuqaro Sh.G. tomonidan Yangiariq tumani «Qo‘riqtom» mahallasi hududidagi «B.T.I.» fermer xo‘jaligiga ajratilgan 34 ball bonitetli jami 40,7 gektar sug‘oriladigan yer maydonining 37,9 gektar qismida noqonuniy ravishda sun’iy baliq ko‘li tashkil qilib, tuproqning unumdorlik qatlamini buzib, davlat manfaatlariga 15,4 mlrd. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan «B.T.I. » fermer xo‘jaligi rahbari G.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 197-moddasi va boshqa tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar