07:31 / 05.12.2022
1 698

Toshkent shahrida «metan zapravkalar» vaqtincha yopilmoqda

Toshkent shahrida «metan zapravkalar» vaqtincha yopilmoqda
Poytaxtda aholi iste’mol qiladigan va isitish tizimida foydalaniladigan tabiiy gaz bosimi pasayib ketganligi tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rasman xabar tarqatdi.

«Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti.

Imkon qadar ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda
», — deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Xabar qilinishicha, poytaxt ma’muriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat