08:44 / 06.12.2022
1 268

Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Ijimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida yong‘in kelib chiqqani va unda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 dekabr soat 20:08 da Yangihayot tuman IIO FMB navbatchilik qismiga tumanning Yo‘ldosh-6 dahasi 25-uyda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ushbu uyning 11-xonadonida istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaroning hayotdan ko‘z yumgani aniqlangan.

Yo‘ldosh-6 dahasidagi 25-uy 2 qavat, 2 ta yo‘lak va 12 ta xonadondan iborat bo‘lib, ushbu uyning umumiy maydoni 300 metr kvadratni tashkil etadi, yong‘in oqibatida uning 80 metr kvadrat maydoni shikast ko‘rgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga FVV Yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib borib, yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ushbu uyda istiqomat qiluvchi 9 nafar fuqaro o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.

Hodisa oqibatida shikast yetkazilgan xonadon egalari vaqtinchalik Toshkent indeks savdo majmuasidagi yotoqxonaga joylashtirilgan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishi va shu bilan bog‘liq boshqa holatlarni o‘rganish borasida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi