4 032
«Kuniga 1 000 dollar topganda talash boʻlgan ota keksayganda hech kimga kerak boʻlmay qoldi» — Bobomurod Hamdamovning kelini
«Daryo» internet nashrining YouTube’dagi kanali Oʻzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov xonadonidan intervyu tayyorladi. Oilaning bir necha yildan buyon kelishmovchilikka borishining sababi nimada? Bu savolga ustoz san'atkorning kenja kelini Nargiza Abduqayumova quyidagicha javob berdi.
— Bobomurod Hamdamovning besh nafar farzandi bor. Oilaning boshqa a'zolari bugungi vaziyatga neytral, kuzatuvchi sifatida qarashadi. Uchinchi akamiz opamiz bilan birga uylarning xat-hujjatini toʻgʻrilab, sotishga koʻmaklashgan. Ular ommaga chiqib men haqimda juda yomon gaplarni gapirishdi. Ammo xursand boʻlganim, yaqinda xonadonimga kelib, hech narsa boʻlmagandek mehmon boʻlishdi. Mol-dunyo va nafs yomon narsa ekan.
Insonni bir zumda oʻzgartirib, jigarlarni ham bir-biriga qarshi qilib qoʻyarkan. Qaynotam uchun ularni kechirdim, turmush oʻrtogʻimdan ham oʻtgan voqealarni unutishlarini iltimos qildim. Ikki akamiz Turkmanistonda yashaydi, bu erga kelishga har doim ham imkonlari boʻlmaydi. Ikkinchi oʻgʻil qaynonam rahmatli bilan telefon orqali gaplashib turardi. Ammo birinchi akamizni shu kungacha biror marta koʻrmaganman.
Gapirgan odam hamisha haqdek tuyuladi. Ular ommaga chiqib, gapirganda koʻpchilik ularni haq deb bilgandi. Ammo oʻsha paytda «Yolgʻon gapirishyapti, aslida vaziyat bunday» deyolmadim. Oʻsha video chiqishlar 30-40 taga koʻpayib ketganidan keyin ichki ishlar xodimlariga murojaat qilib, har bir gapni asoslab berishlarini soʻradim. Turgan gapki, ommaga chiqib aytilgan birorta gapga asos koʻrsatisholmadi. Tuhmat uchun javobgarlikka tortilishdi va ma'naviy zarar ham toʻlashdi.
Ota-ona oyogʻida yurib, katta daromad topganida hammaga kerak edi. Kenja ukasi va uning oilasini ota-onalarining ostonasiga ham yaqinlashtirishmagan. Hech kimga sir emas, ilgari dadamning xizmat haqlari nihoyatda katta boʻlgan. Bir kunda kamida 1 000 AQSh dollari, yoki 2 000-3 000 AQSh dollarigacha mablagʻ topardi. U paytda hammaga kerak boʻlgan ota, keksayib, kuchdan qolganda ularga kerak boʻlmay qoldi.
Yashirmayman, Bobomurod Hamdamovning oʻgʻli Shamshiddin Hamdamov bilan tanishganimda, birinchi oilam bilan ajrashib, ikkita farzandim bilan yashardim. Shu boisdan qaynonam meni kelin qilishni istamagandi. 14 yilga qadar qaynonam bilan birga yashamaganmiz. Ammo qaynotam bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Hamisha gastrol safarlarida turmush oʻrtogʻim va qaynotamning yonida boʻlardim.
Keyinchalik qaynonam bilan munosabtlarimiz yaxshilandi. Eng quvonganim, turmush oʻrtogʻimga «Sening farzanding emas», deyishgan oʻgʻil-qizim bobosi va buvisining duosini oldi, oilamizning kuniga yarayapti, — deydi Bobomurod Hamdamovning kelini Nargiza Abduqayumova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
Oʻzbekistonda mashina oʻgʻirlanishi holatlari ortib bormoqda: haydovchilarga qanday choralar tavsiya etilmoqda?
2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni ragʻbatlantirish taklif etilmoqda
Qizlarni ketiga urgan yigit 5 sutkaga qamaldi
Tungi barni reklama qilish uchun qizlarni ketiga urgan yigitga qanday chora koʻrildi?
Toshkentda ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizcha vafot etdi
Toʻrtkoʻlda aliment toʻlovchi otadan 7 000 AQSh dollari undirildi