
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonni ustuvor davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” gazetasiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Berdimuhamedov O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi “Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shni va do‘stlar”ni alohida ta’kidlagan.
Turkmaniston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Ashxobod tashqi siyosatining asosiy vazifalaridan biridir.
Avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) a’zo davlatlar uchun hamkorlik bo‘yicha TOP-20 ta ustuvor davlatni aniqladi. O‘zbekiston ushbu reytingning kuchli o‘nligiga kirgan edi. Ro‘yxatning kuchli o‘nligiga Xitoy, Hindiston, Misr, Vetnam, O‘zbekiston, BAA, Braziliya, Indoneziya, Meksika va Turkiya kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oktabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 13 ta hujjat imzolangandi.
Turkmaniston PrezidentiO‘zbekiston Ustuvor DavlatlarMarkaziy OsiyoAshxobod Tashqi SiyosatYevroosiyo IqtisodiyO‘zbekiston-Turkmaniston Hamkorligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar