
Samarqandda ikki holatda fuqarolarni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lib, evaziga ulardan katta miqdordagi pullarni undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan yetkazib qo‘yishni taklif qilayotgan firibgarlar qo‘lga olingan.

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan shaxs aldov yo‘li bilan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni «O‘zbekiston-Ispaniya-Meksika-AQSH» yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 25 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Samarqand tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni «O‘zbekiston-Turkiya-BAA-Meksika-AQSH» yo‘nalishi orqali Amerikaga yuborish uchun 30 ming AQSH dollari talab qilib, 10 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar