
Foto: IIV YHXX axborot xizmati
14 dekabr kuni soat 11:19 da Toshkent shahar Olmozor tumani «Chimboy» MFY Chimboy va talabalar chorahasida «Matiz» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
IIV YHXX axborot xizmatiga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar