20:22 / 14.12.2022
1 755

Suvni qayta-qayta qaynatsa nima bo‘ladi?

Suvni qayta-qayta qaynatsa nima bo‘ladi?
Foto: iXBT
Suv qaynatilganida ko‘plab zararli bakteriyalar nobud bo‘lishi ko‘pchiligimizga ma’lum. Biroq suvni bir necha marta qaynatsa nima bo‘ladi? Salomatlik uchun xavfli emasmi?

Suvning qaynash jarayonida bug‘lanish va to‘planish tamoyili ishlaydi. Ya’ni suv bug‘langanida, unda erigan aralashmalar uchib ketmaydi, idishda qoladi. Shu bois xavfli aralashmalar to‘planishi oshadi. Distillangan suvni qayta-qayta qaynatish mumkin, buning salomatlik uchun hech qanday zarari yo‘q.

Suv oddiy krandan olingan bo‘lsa-chi? Uning tarkibida margimush, nitratlar, ftoridlar bor. Biroq juda oz miqdorda.

Qayta va qayta qaynatilaversa, suvdagi zararli aralashmalar miqdori oshib boraveradi. Biroq inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirish uchun yetarli emas.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, inson organizmiga tana vaznining har 1 kg uchun 0,6 mg miqdorda margimush tushsa, zaharlanish yuz beradi. Masalan, 75 kg vaznli odam zaharlanishi uchun 10 ming litr suvni 1 qahva idishiga sig‘adigan darajada qaynatish kerak.

Qaynatish suv ta’miga ta’sir qiladimi? Bunisi haqiqat. Chunki qaynash jarayonida suvdagi kislorod molekulalari chiqib ketadi. Biroq qaynagan va xom suv ta’midagi farqni sezish qobiliyati kamdan-kam odamda bor.

Yangilik xususiyatiga ega xabarlarni shifokor tavsiyasiga tenglashtirmang. Albatta mutaxassis bilan maslahatlashing.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suvni qayta-qayta qaynatsa nima bo‘ladi?