17:55 / 16.12.2022
1 241

Surxondaryoda uchta tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda uchta tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryoning Sherobod, Muzrabot va Uzun tumani elektr ta’minoti korxonasi (TЕTK) rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sherobod TЕTK boshlig‘i Q.K. mansab vakolatidan qasddan foydalanib, tumandagi 208 nafar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzgani holati yuzasidan rasmiylashtirilgan 487 million 20 ming so‘mlik dalolatnomalar tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etmagan.

Mazkur holat yuzasidan 12 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muzrabot tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i A.Q. va boshqalar xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, yuridik shaxsning elektr energiyasidan 263 million 707 ming 882 so‘mlik to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lsada, iste’molchilarni elektr energiya tarmog‘idan uzmasdan, qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Shuningdek, suv ta’minot bo‘limi muhandis energetigi B.K. suv nasoslari hamda elektrodvigatellarni elektr hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab foydalanib kelgani oqibatida «Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi manfaatlariga 129,7 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan 12 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, (juda ko‘p zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uzun TЕTK boshlig‘i G‘.A. va boshqalarga nisbatan mansab vakolatidan qasddan foydalanib, «Iskandar Turdialiyev», «Nurafshon», «Agro Omad» fermer xo‘jaliklari elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanishi oqibatida jami 140 million 832 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aniqlagan bo‘lsa-da, yetkazilgan moddiy zararni o‘rnini qoplash choralari ko‘rmagan.

1 dekabr holatiga ko‘ra 2 milliard 638 million so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lsa-da, elektr energiyasi tarmog‘idan uzmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat