
CAVOL:
Bizda asalari boqiladi. Asalariga zarar keltiradigan shunday mayda jonzotlar borki, ularni dori yoki maxsus vositalar bilan yo‘qotib bo‘lmayapti. Shuning uchun biz zararkunandalar mutlaq daf bo‘lsin deb asalari qutilarini olovda kuydiramiz. Shu ishimiz joizmi?
JAVOB:
Ozor beruvchi jonzotlarni olovda yoqish, kuydirish joiz emas, makruhdir. Ammo bundan boshqa usullar kor qilmasa kuydirish bilan ularni bartaraf qilish joiz bo‘ladi. "Durrul Muhtor" da quyidagicha keltirilgan:
"... Lekin jonzotlarni yoqish va kuydirish joizligi "Sharhus siyar" da kelganidek, jiddiy bir mashaqqatsiz boshqa imkon topa olmagan holatlarga tegishlidir. Agar undan boshqa usul bilan bartaraf qilish imkoni bo‘lsa kuydirish joiz emas". Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar