
Gidrometeorologiya xizmati hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida ba’zi joylariga tuman tushadi. Havo harorati 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga respublikaning katta qismida 7-10 daraja iliq bo‘lgan harorat bilan quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi.
Front kirib kelishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha biroz qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0-3 daraja iliqgacha pasayadi.
21 dekabrda sovuq antitsiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika shimolida kechasi harorat 9-11 daraja sovuqgacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.
22-23 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 dekabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Harorat kechalari 2-5 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqgacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. 21-22 dekabr kunlari yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
Ob-havoGidrometeorologiya XizmatiO‘zbekistonQoraqalpog‘iston RespublikasiFarg‘ona VodiysiYog‘ingarchilik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar