1 133
Shavkat Mirziyoyev: «Mening katta niyatim — yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin»

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2023 yilda «katta xususiylashtirish» boshlanishi, mingga yaqin korxona savdoga chiqarilishini ta’kidladi.
«Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shuning uchun, topshiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalq IPO‘si bo‘lishiga ishonaman», — dedi prezident.
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlari jadallashtiriladi. Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tarixda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018 yilda 14 milliard dollar bo‘lgan).
Ma’lumot uchun, IPO Initial Public Offering so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish ma’nosini bildiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar