20:00 / 21.12.2022
1 010

58 mln. so‘mlik aliment mas’uliyati bir zumda hal etildi...

58 mln. so‘mlik aliment mas’uliyati bir zumda hal etildi...
Majburiy ijro byurosining Toshkent tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Sh.Toirovdan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun undiruvchi I.Mo‘minova foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Sh.Toirov farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, farzand voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment miqdori 58 mln. so‘mni tashkil qilgan va qarzdor 03.12.2022 yilda kuni ushbu mablag‘ni undiruvchiga topshirgan hamda ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat